Bolonya Tommazo Pobegani to'liq transfer qildi

Bolonya Tommazo Pobegani to'liq transfer qildi

Yarim himoyachi Tommazo Pobega endi «Bolonya» futbolchisi sifatida rasman ro'yxatdan o'tdi: u klubda ijara asosida emas, to'laqonli shartnoma bilan qoladi. Kelishuv doirasida «Milan» 7 million yevro oladi, Pobega bilan bitim esa 2030 yilgacha mo'ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Majburiy sotib olish opsiyasini ishga tushirgan band 15 fevraldan keyin kuchga kirdi. Pobega «Bolonya» safida ijara asosida ikki mavsum o'ynab, jami 55 uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o'yinlarda u 7 gol urdi va 5 marta jamoadoshlariga golli uzatma berdi.

Hozirda «Bolonya» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 8-o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.