Franchesko Totti Roma bilan muzokaralar borligini tasdiqladi

Franchesko Totti Roma bilan muzokaralar borligini tasdiqladi

Franchesko Totti yana bir bor “Roma” bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan fikr bildirdi. OAVda klub afsonasi rimliklar safida qaytadan ish boshlashi, xususan, texnik direktor lavozimini egallashi mumkinligi aytilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tottining so‘zlariga ko‘ra, “Roma” u uchun baribir uydek yaqin klub bo‘lib qolmoqda. U jamoa hozir tanlagan yo‘ldan mamnunligini ta’kidladi va so‘nggi paytlardagi mish-mishlar fonida klub rahbariyati bilan muloqot borligini yashirmadi.

“Ha, biz gaplashyapmiz. Detallarni muhokama qilyapmiz va hamma uchun eng to‘g‘ri qaror qanday bo‘lishini aniqlayapmiz. Umid qilamanki, yaqin orada bu masalani hal qilamiz”, — dedi Totti Sky Sport Italia’ga.

Eslatib o‘tamiz, Franchesko Totti futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan. Shundan keyin u bir necha yil “Roma”da klub menejeri sifatida ishlagan.

Avvalroq “Roma” bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini hazil tariqasida, zarurat bo‘lsa, Tottini hatto maydonga tushirishga ham tayyorligini aytgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.