Franchesko Totti Roma bilan muzokaralar ketayotganini tasdiqladi

Franchesko Totti Roma bilan muzokaralar ketayotganini tasdiqladi

Franchesko Totti “Roma”ga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq afsonaviy futbolchi klubda texnik direktor lavozimini egallashi ehtimoli haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Roma” — mening uyim, hozir u yerda bo‘lmasam ham. Klubning qanday yo‘ldan ketayotganidan mamnunman. So‘nggi paytlar ko‘p mish-mishlar yurdi. Bu rost: biz aloqadamiz, tafsilotlarni muhokama qilyapmiz va hamma uchun eng yaxshi yechimni topishga urinmoqdamiz. Umid qilamanki, bu masalani tez orada hal qilamiz”, — dedi Totti Sky Sport Italia’ga.

Totti futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan. Shundan so‘ng u bir necha yil davomida “Roma”da menejer sifatida ishlagan.

Qayd etish joiz, “Roma” bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini avvalroq hazillashib, kerak bo‘lsa Tottini maydonga ham tushirishga tayyorligini aytgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.