Ikardi het-trigi Galatasarayga yirik g'alaba olib keldi

Ikardi het-trigi Galatasarayga yirik g'alaba olib keldi

Turkiya chempionatining 22-turida Galatasaray Eyupsporni 5:1 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv qahramoniga aylangan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi uchta gol urib, jamoasining ishonchli g'alabasini ta'minladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu het-trik Ikardiga klub tarixida muhim natija ham olib keldi: u Galatasarayning tarixdagi eng sermahsul legioner futbolchisiga aylandi. Ikardi avvalgi rekordchi ruminiyalik Georghe Hadjini ortda qoldirdi — Hadjining hisobida 75 gol bo'lgan, Mauro esa endi 76 ta golga ega.

Umumiy to'purarlar ro'yxatida esa Ikardi hozircha yettinchi pog'onada bormoqda. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi Galatasaray safida 2023 yildan buyon o'ynaydi, bundan avval u PSJ sharafini himoya qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.