De Ron Atalanta Dortmundga qo'rqmay yo'l olmoqda

De Ron Atalanta Dortmundga qo'rqmay yo'l olmoqda

Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichida "Atalanta" safarda Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Italiyaliklar yarim himoyachisi Marten de Ronning aytishicha, bergamoliklar bu safarga hech qanday qo'rquvsiz yo'l olmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Belgiya futbolchisi "Borussiya"ning kuchli hujumkor jamoa ekanini tan oldi: ular ko'p gol uradi, biroq himoyada ham xatolarga yo'l qo'yadi. De Ron "Atalanta" 90 daqiqa davomida maksimal diqqatni saqlashi, Bilbaodagi o'yinda bo'lgani kabi bo'shashib qolmasligi kerakligini ta'kidladi. "Biz hech kimdan qo'rqmaymiz", dedi u calcionapoli1926.it nashriga.

Jamoalar o'rtasidagi ilk bahs 17 fevral kuni Germaniyada bo'lib o'tadi, javob o'yini esa 25 fevral kuni Bergamoda o'tkaziladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.