Nant klub tarixidagi antirekordni takrorlash arafasida turibdi

Fransiyaning "Nant" jamoasi o‘z tarixidagi eng yomon seriyalardan birini qaytarish xavfi ostida qoldi. Klub ketma-ket besh bor mag‘lub bo‘lib, mamlakatning eng sovrindor jamoalaridan biri uchun og‘riqli davrni boshdan kechirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agar navbatdagi uchrashuvda ham omad kulib boqmasa, "Nant" 1999 yil kuzida qayd etilgan antirekordni takrorlaydi. O‘shanda jamoa Reynal Denueks qo‘l ostida Fransiya chempionatida ketma-ket olti o‘yinda yutqazgan, u keyinchalik Ispaniyaning "Real Sosedad" klubida rossiyalik yarim himoyachi Valeriy Karpin bilan ham ishlagan.
Fransiya chempionatining keyingi turida "Nant" "Gavr"ga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













