Ignashevich Monako va PSJ bahsida gʻolibni aytdi

Ignashevich Monako va PSJ bahsida gʻolibni aytdi

UEFA Chempionlar ligasi pley-offidagi ilk o‘tish uchrashuvida «Monako» o‘z maydonida Fransiyaning yana bir grand jamoasi — «PSJ»ni qabul qiladi. Ushbu to‘qnashuv haqida sobiq Rossiya terma jamoasi va Moskvaning CSKA klubi himoyachisi Sergey Ignashevich fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«RB Sport» xabariga ko‘ra, futbol eksperti bo‘lajak bahsda Luis Enrike shogirdlari g‘alaba qozonishini taxmin qilgan.

«Monako» — «PSJ» uchrashuvi bugun, 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Bahsning batafsil matnli onlayn translyatsiyasini Liveresult.ru sahifalarida kuzatish mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.