Joan Garsiya Barselonaning Jironaga mag'lubiyatini izohladi

Joan Garsiya Barselonaning Jironaga mag'lubiyatini izohladi

Ispaniya chempionatining 24-turida Kataloniyaning «Barselona» jamoasi safarda «Jirona»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so'ng «ko'k-anorranglilar» darvozaboni Joan Garsiya o'yin haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Garsiya ta'kidlashicha, uning asosiy vazifasi — gollarni o'tkazib yubormaslik, biroq bu safar raqib darvozaga kutilganidan ko'proq zarba yo'llagan. Shuningdek, u qancha seyv amalga oshirmasin, natija mag'lubiyat bo'lsa, bularning qadri qolmasligini aytdi.

Darvozabon jamoa o'yinini yaxshilash zarurligini qayd etdi: «Barselona» raqiblarga juda ko'p gol urish imkoniyatini berib qo'ymoqda va bu jihat ustida ishlash kerak. Marca nashri futbolchining so'zlarini keltirdi.

Ushbu mag'lubiyatdan keyin Xans-Diter Flik boshchiligidagi «Barselona» turnir jadvalida peshqadam madridlik «Real»dan ikki ochko ortda qoldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.