Boka Xuniorsda sport direktori lavozimi yangilandi

Boka Xuniorsda sport direktori lavozimi yangilandi

Argentina grandi “Boka Xuniors” klubida yangi sport direktori tayinlandi. Bu lavozimga Marselo Delgado kelgani rasman e’lon qilindi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati paydo bo‘lgan bir paytda, Delgado va Rikelme transfer yo‘nalishida muhim qarorlar ustida ishlashi kutilmoqda.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazib, 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.