RB Leyptsig asosiy darvozabonidan bir yarim oyga ayrildi

RB Leyptsig asosiy darvozabonidan bir yarim oyga ayrildi

RB Leyptsig kamida bir yarim oy davomida jamoaning asosiy darvozaboni Peter Gulachidan foydalana olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vengriyalik posbon yaqinda uy maydonida Volfsburgga qarshi o‘yinda jarohat oldi va birinchi bo‘limdayoq maydonni tark etdi.

Yaxshi tomoni shundaki, Gulachiga jarrohlik amaliyoti kerak emas. Unda chap tizzadagi medial kollateral bog‘lam uzilishi aniqlangan. Darvozabon joriy mavsumda 22 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 10 o‘yinda darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

RB Leyptsig Germaniya chempionati turnir jadvalida 40 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.