RB Leyptsig asosiy darvozabonidan vaqtincha ayrildi

RB Leyptsig kamida bir yarim oyga jamoaning tajribali posboni Peter Gulachisiz qoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vengriyalik darvozabon Bundesliga doirasida “bo‘rilar”ning “Volfsburg”ga qarshi uy uchrashuvida jarohat oldi va birinchi bo‘limning o‘zidayoq maydonni tark etdi.
Yaxshi tomoni — futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerak bo‘lmaydi. Tibbiy tekshiruvlar Gulachining chap tizzasidagi medial kollateral bog‘lam uzilganini ko‘rsatdi. U joriy mavsumda 22 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 10 tasida darvozasi daxlsiz qolgan.
Hozirda RB Leyptsig Germaniya chempionati turnir jadvalida 40 ochko bilan beshinchi pog‘onada bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













