"Legionerlar"imiz haqidagi xabarlar


Yaponiya. Fozil Musaev \"Omiya”ga qarshi (2:1) o‘yinda “Jubilo Ivata” bilan ilk g‘alabasiga erishdi. Musaev 90 daqiqa to‘liq harakat qildi.

Janubiy Koreya. “Ansan Griners” 1:3 hisobida “Busan”ga yutqazdi, Bahodir Nasimov maydonda 82 daqiqa harakat qildi.

BAA chempionati. Aziz Haydarov to‘p surayotgan “Ash-Shabab” o‘z maydonida “An-Nasr” futbolchilarini qabul qildi. Mazkur o‘yinda “Ash-Shabab” 0:4 hisobida yengildi. Haydarov 90 daqiqa o‘ynadi va sariq kartochka ishlab oldi.

Qatar chempionati. «Al-Sayliya» a’zosi Temurxo‘ja Abduholiqov \"Lokomotiv\"ning bugungi mashg‘ulotlariga tashrif buyurdi.

Qatarning \"Al Jayish\" klubi rasmiy tvitteri Sardor Rashidov terma jamoa ixtiyoriga etib borgani haqida yozdi. Demak, uch kundan so‘ng boshlanadigan yig‘inda ishtirok etish uchun Rashidov mamlakatimizga etib kelgan.

Manba: www.interfutbol.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













