Bulykin Safonov va Xaykinning kuchli tomonlarini taqqosladi

Bulykin Safonov va Xaykinning kuchli tomonlarini taqqosladi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Dmitriy Bulykin darvozabonlar Nikita Xaykin va Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. Ikki rossiyalik posbon mos ravishda Norvegiyaning «Bude-Glimt» va fransuz «PSJ» klublarida to‘p surmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bulykinning aytishicha, jismoniy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Safonovning ustunligi bor. Biroq Xaykin yuqori darajada o‘zini allaqachon isbotlagani, «Bude-Glimt» safida ishonchli o‘yin ko‘rsatib, jamoani “olib chiqishi” va jiddiy natijalarga erishishi mumkinligini ta’kidladi.

Chempionlar ligasi pley-offida «Monako» «PSJ»ga qarshi, «Bude-Glimt» esa Milan «Inter»iga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlar 17 va 18 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.