Kassano Milan uslubi 80-yillarni eslatadi dedi

Kassano Milan uslubi 80-yillarni eslatadi dedi

Italiya A Seriyasining sobiq hujumchisi Antonio Kassano "Milan"ga nisbatan keskin tanqidlari bilan yaxshi tanish. U yillar davomida "rossoneri"ni ayashni bas qilmay keladi va bu safar ham klubning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri qurayotgan o'yinda ijobiy jihat ko'rmayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kassano fikricha, "Milan" bu yil atigi uch uchrashuvda munosib futbol ko'rsata olgan: "Bolonya"ga qarshi ikki o'yin va "Udineze" bilan bahs. Uning ta'kidlashicha, jamoada aniq g'oya yo'q, boshqa klublarda esa o'yin falsafasi sezilib turadi. "Milan" esa xuddi 80-yillar futbolini o'ynayotgandek ko'rinadi, deya u pianetamilan.it nashriga bergan izohida.

Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa chorshanba kuni "Komo"ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.