Arbeloa Arda Gyulerning o'yinini alohida baholadi

Arbeloa Arda Gyulerning o'yinini alohida baholadi

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Arda Gyuler haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

20 yoshli turkiyalik futbolchi seshanba kuni Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi uchrashuvda (1:0) 86 daqiqa maydonda harakat qilib, “qaymoqranglilar” g'alabasiga hissa qo'shdi.

“Ardaning fazilatlari bizga juda katta foyda keltiryapti: u yarim himoyani hujum bilan bog'laydi. U o'ziga xos, boshqalarga o'xshamaydigan futbolchi. Jamoa uchun juda muhim va biz uning o'ziga bo'lgan ishonchini yanada oshirish ustida ishlashimiz kerak. Shunaqa o'yinlar uning rivojlanishiga xizmat qiladi. Men Gyuler bilan faxrlanaman”, — deya Arbeloa so'zlarini Madrid Universal keltirdi.

Joriy mavsumda Gyuler “Real” safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.