Runi Slot nega Liverpulga mos kelmasligini izohladi

Runi Slot nega Liverpulga mos kelmasligini izohladi

Angliya futbolining taniqli sobiq hujumchisi Ueyn Runi «Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Niderlandiyalik mutaxassis Angliyadagi ilk mavsumidayoq «qizillar»ni APL chempionligiga olib chiqqan edi. Biroq joriy mavsum u qadar omadli kechmayapti: 26 turdan so‘ng jamoa turnir jadvalida faqat 6-o‘rinda bormoqda.

«Men Slot bilan bir necha bor uchrashganman, u yoqimli insondek tuyuladi. Ammo unda «Liverpul»ga xos o‘sha aura bor, deb o‘ylamayman. Balki bunga Yurgen Klopp davrining ta’siri sababdir — bunday davrdan keyin istalgan murabbiyga qiyin bo‘ladi», — deya Runining so‘zlarini The Anfield Buzz keltiradi.

Arne Slotning «Liverpul» bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.