Kassano Milan hozir ham 80-yillardagidek o'ynamoqda

Kassano Milan hozir ham 80-yillardagidek o'ynamoqda

Antonio Kassano «Milan» manziliga tanqid yog'dirishni odat qilgan sobiq hujumchilardan. U yildan yilga «rossoneri»ni qattiq tanqid qilib keladi va bu safar ham istisno bo'lmadi: Kassano Massimiliano Allegri qo'l ostida jamoa ko'rsatayotgan o'yinda ijobiy tomon ko'rmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning fikricha, «Milan» bu yil faqat uch uchrashuvda munosib futbol ko'rsatgan: «Bolonya»ga qarshi ikki o'yin va «Udineze» bilan bahs. Kassano jamoada aniq o'yin g'oyasi yo'qligini ta'kidlab, boshqa klublarda bu tizim borligini, «Milan» esa maydonda go'yo 80-yillar futbolini eslatayotgan uslubda harakat qilayotganini aytdi.

Ayni paytda «Milan» A Seriya jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa chorshanba kuni «Komo»ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.