Pedri jarohatdan soʻng Barselonaga qaytishga tayyor

Pedri jarohatdan soʻng Barselonaga qaytishga tayyor

“Barselona” yarim himoyachisi Pedri jarohati sabab qariyb bir oy maydonga tusha olmadi. Endi esa kataloniyaliklar uchun ijobiy xabar bor — futbolchi safga qaytmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, Pedri La Ligadagi navbatdagi uchrashuvda “Levante”ga qarshi o‘yinda “ko‘k-anorranglilar”ga yordam bera oladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Pedri 25 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

“Barselona” La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va “Real”dan 2 ochko ortda qolgan. “Levante”ga qarshi uy uchrashuvi yakshanba, 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi, start hushtagi 20:15 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.