Vinisius Mbappega ko‘rsatgan yordami uchun minnatdor bo‘ldi

Vinisius Mbappega ko‘rsatgan yordami uchun minnatdor bo‘ldi

“Real” hujumchisi Vinisius Junior jamoadoshi Kilian Mbappega alohida minnatdorlik bildirdi. ESPN Deportes xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi fransuz hujumchining seshanba kuni unga maydonda ham, maydon tashqarisida ham ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashini yuqori baholagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, “Real” klubi Lissabondagi shov-shuvli o‘yindan keyin Vinisiusni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius “Benfika” futbolchisi Janluka Prestiannini irqchilik ruhidagi haqoratda ayblagan. Lissabon klubi vakillari esa bu e’tirozlarni rad etgan. Mbappe esa uchrashuvdan so‘ng Prestianniga o‘xshaganlarga Chempionlar ligasida o‘rin yo‘qligini ta’kidlagan.

Uchrashuvda “Real” safarda “Benfika”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.