Argentina chempionatida di Mariya atrofida simulyatsiya mojarosi kuchaydi

Argentina chempionatida di Mariya atrofida simulyatsiya mojarosi kuchaydi

Anhel di Mariya vatani — Argentina chempionatiga qaytgach, dastlab yaxshi taassurot qoldirdi. Biroq keyinroq uning o‘yinidan ko‘ra, maydondagi epizodlari atrofidagi bahslar ko‘proq muhokama qilinadigan bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Raqib jamoalar va muxlislar di Mariyani tez-tez yiqilish va penalti “so‘rash”ga urinmoqda, deb hisoblamoqda. Argentina futbol forumlarida “nega di Mariyaning hiylalariga ogohlantirish berilmaydi”, “u yulduz, ammo bu harakatlar bezor qildi”, “shunday darajadagi futbolchining penalti undirishga urinishi achinarli” kabi tanqidiy fikrlar ko‘paygan. Avval “Manchester Yunayted” va “Real”da to‘p surgan futbolchi hozir “Rosario Sentral” safida maydonga tushmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.