Osimhen Yuventus ustidan g'alabani haddan tashqari nishonladi

Turkiyaning Galatasaray klubi Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ilk o'yinda Turinning Yuventus jamoasini ishonchli tarzda mag'lub etdi. Uchrashuvda turklar raqib darvozasiga besh bor aniq zarba yo'lladi, o'z darvozasidan esa ikki gol o'tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bellashuvning eng ko'zga ko'ringan futbolchilaridan biri Viktor Osimhen bo'ldi: u nafaqat gol urdi, balki jamoadoshlariga ham golli uzatmalar bilan yordam berdi.
O'yindan keyin esa sobiq Napoli hujumchisi hissiyotlarga berilib ketdi. U stadionning ichki yo'laklaridan birida xursandchilik ustida yoritish jihozlaridan birini sindirib qo'ydi. Yetkazilgan zararni klub o'z zimmasiga olib, to'lab berdi.
Javob uchrashuvi bir hafta o'tib, Yuventus maydonida bo'lib o'tadi.













