Denis Makarov Turkiyada ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi

Denis Makarov Turkiyada ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi

«Kayserispor» vingeri Denis Makarov Turkiya chempionatining so‘nggi ikki uchrashuvida nega maydonga tushmaganini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, u mushakdagi mikrojarohat sabab ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Hozir esa holati to‘liq me’yorida: umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarni davom ettiryapti, cheklovlarsiz shug‘ullanyapti va «Antalyaspor»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlanyapti.

Eslatib o‘tamiz, Makarov «Kayserispor» safiga qishki transfer oynasida kelib qo‘shilgan: u Moskvaning «Dinamo» klubidan erkin agent sifatida o‘tgan. Turkiya jamoasida hozircha bir o‘yinda maydonga tushib, gol yoki assist qayd etmagan.

Superliganing 23-turi doirasidagi «Kayserispor» — «Antalyaspor» uchrashuvi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.