Kivu Interning Budo-Glimtga mag'lubiyatini izohladi

Kivu Interning Budo-Glimtga mag'lubiyatini izohladi

Milaning «Inter» jamoasi bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ilk uchrashuvda Norvegiyaning «Budo-Glimt» klubidan 1:3 hisobida yutqazib qo'yilganidan so'ng fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi 1:1 hisobida yakunlandi. Ikkinchi taymda esa mezbonlar ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etib, qarama-qarshilikning yaqqol favoriti sanalgan «Inter»ni taslim qildi.

«Bunday maydonda o'ynash oson emasdi, ammo bu bahona bo'la olmaydi. «Budo-Glimt» bizga muammo tug'dirishi mumkinligini bilganmiz, lekin oldinda «San-Siro»dagi javob o'yini bor. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q», — dedi Kivu jurnalistlar bilan suhbatda.

1/8 final yo'llanmasi taqdiri 24 fevral kuni Milanda bo'lib o'tadigan javob bahsida hal bo'ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.