Flik Barselona mudofaasi uchun Shlotterbekni tanladi

Flik Barselona mudofaasi uchun Shlotterbekni tanladi

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining himoya chizig‘idagi o‘yinidan qoniqmayapti. Nemis mutaxassisi mudofaa tizimini qayta qurish zarur, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, Flik transfer bozorida «Borussiya» himoyachisi Niko Shlotterbek uchun kurashishni qat’iy talab qilmoqchi. «Ko‘k-anorranglilar» ustozi bu boradagi pozitsiyasini sport direktori Dekuga yetkazadi.

Bu holat «Real» uchun ham noxush bo‘lishi mumkin: so‘nggi paytlarda Madrid grandi Shlotterbek bilan faol bog‘lanayotgandi.

Transfermarkt mutaxassislari 26 yoshli Niko Shlotterbekning bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.