Bulykin Golovinning ketma-ket chetlatilishiga izoh berdi

Bulykin Golovinning ketma-ket chetlatilishiga izoh berdi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dmitriy Bulykin «Monako» markaziy yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning so'nggi o'yinlardagi harakatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Monakoliklar sardori ketma-ket ikki uchrashuvda maydondan chetlatildi: fransuz chempionatida «Nant»ga qarshi bahsda va Yevropa Chempionlar ligasida «PSJ» bilan to'qnashuvda.

Bulykinning ta'kidlashicha, birinchi qizil kartochka qo'pollik oqibati bo'lmagan: Golovin doim kurash markazida bo'lgani, to'pni qaytarib olishga intilgani sababli shunday vaziyat yuzaga kelgan. Ikkinchi epizodni u ko'rmaganini aytdi, biroq yarim himoyachi futbol o'ynash istagini yo'qotgan yoki xulqi keskin o'zgargan, degan fikrga qo'shilmasligini bildirdi.

Golovin joriy mavsumda 26 o'yinda maydonga tushdi. 29 yoshli хавбек hisobida 2 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.