Saudiya futbolida fojia 16 yoshli Al-Qadisiya himoyachisi vafot etdi

Saudiya futbolida fojia 16 yoshli Al-Qadisiya himoyachisi vafot etdi

Saudiya futbolidan og‘ir xabar keldi: «Al-Qadisiya» jamoasi safida to‘p surgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Saed vafot etdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy bayonot berib, marhum xotirasiga nekrolog e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Qadisiya» hozir Saudiya Arabistonining kuchi bo‘yicha ikkinchi ligasida ishtirok etmoqda va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoada, xususan, avval «Atalanta» sharafini himoya qilgan italiyalik Mateo Retegi ham o‘ynamoqda.

Yosh futbolchining o‘limi sababi hozircha rasman ochiqlanmadi. Biroq norasmiy manbalarga ko‘ra, fojea yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.