Ronaldu bosh bilan gol urish bo‘yicha La Liga rekordchisiga aylandi

Ronaldu bosh bilan gol urish bo‘yicha La Liga rekordchisiga aylandi
Ronaldu bosh bilan gol urish bo‘yicha La Liga rekordchisiga aylandi

\"Real\" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha Ispaniya chempionatida bosh bilan navbatdagi 46-to‘pini kiritdi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.

Portugaliyalik superhujumchi bu borada La Ligada barcha futbolchilarni ortda qoldirib rekord natijani qayd etdi. Hozirga qadar \"Atletik\" hujumchisi Aris Adurisga tegishli bo‘lib, uning hisobida shu kungacha bosh bilan kiritilgan 45ta gol mavjud edi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu kecha \"Betis\"ga qarshi uchrashuv (2:1)da Marseloning to‘p uzatishidan so‘ng Real\"ning birinchi golini urgandi.

Bundan tashqari, ushbu uchrashuv xorvatiyalik Luka Modrichning \"Real\" tarkibida o‘tkazgan 200-o‘yinini bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.