Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoaga zudlik bilan tarkibni kuchaytirish zarur va endi Delgado hamda Rikelme transfer yo‘nalishidagi ustuvor vazifalar ustida birgalikda ish olib boradi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham salmoqli iz qoldirgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuvda maydonga tushgan, 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.

Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.