Argentinada di Mariyani simulyatsiya ayblovlari bilan tanqid qilishmoqda

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytgach, dastlabki o'yinlarda o'zini ko'rsatdi. Biroq keyinroq uning atrofida salbiy fon kuchaydi: gap natijalardan ko'ra ko'proq raqiblarning noroziligida — ular di Mariya maydonda tez-tez yiqilib, fol va penalti so'rashga urinadi, deb hisoblayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda sobiq "Manchester Yunayted" va "Real" futbolchisining "Rosario Sentral"dagi o'yini keskin baholanmoqda. "Nega di Mariyani hiylalari uchun hech qachon ogohlantirishmaydi?", "Di Mariya yulduz, lekin bu qiliqlar joniga tegdi", "bunday darajadagi futbolchi penalti so'rab shu qadar ochiq harakat qilayotgani achinarli" mazmunidagi izohlar ko'paygan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













