Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

"Shanxay Shenhxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. Sakkizinchi turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahsda Leonid Slutskiy jamoasi turnir bilan xayrlashish oldidan hech bo'lmasa ijobiy taassurot qoldirishga urinib ko'rdi, biroq buni uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida yakunlandi. Tailand klubi birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etdi. Oradan ko'p o'tmay "Shanxay Shenhxua" bir o'yinchisidan ayrilib, kamchilikda qolganidan keyin o'yindagi intriga deyarli so'ndi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenhxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.