Saudiya futbolida motam Al Qadisiya himoyachisi vafot etdi

Saudiya futbolida motam Al Qadisiya himoyachisi vafot etdi

Saudiya Arabistoni futbolida fojiali xabar tarqaldi: “Al Qadisiya” jamoasining 16 yoshli himoyachisi Turki Al-Saed hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy bayonot berib, marhum futbolchi xotirasiga ta’ziyanoma e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Al Qadisiya” hozirda Saudiya futbolining ikkinchi darajali ligasida ishtirok etmoqda va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Klub safida italiyalik hujumchi Mateo Retegi ham to‘p suradi — u avvalroq “Atalanta” sharafini himoya qilgan.

Yosh futbolchining o‘limi sabablari hozircha rasman ochiqlanmadi. Biroq norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fojiaga yo‘l-transport hodisasi sabab bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.