Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua ACLda mag'lub bo'ldi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua ACLda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng «Shanxay Shenhxua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi umid — hech bo'lmasa munosib yakun yasash edi, biroq buning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi o'yinni juda tez hal qildi: birinchi bo'limning avvalidayoq ketma-ket ikki bor darvozani ishg'ol etdi. 11-daqiqada Gud Kertis hisobni ochgan bo'lsa, 22-daqiqada Mueanta Supxanat ikkinchi golni urdi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay Shenhxua» bir futbolchiga kamayib qoldi va intriga amalda so'ndi — yakunda «Buriram Yunayted» 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Qayd etish joiz, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.