Skira Napoli MakTominay bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Italiyalik taniqli jurnalist Nikolo Skira shotlandiyalik yarim himoyachi Skott MakTominay atrofidagi vaziyatga to‘xtaldi. Uning aytishicha, “Napoli” futbolchining o‘yinidan juda mamnun va kelishuv muddatini uzaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Skiraning ta’kidlashicha, har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirish niyatini yashirmayapti va muzokaralar faol bosqichda. Neapolliklar MakTominayni jamoa uchun juda muhim figura deb biladi: u maydonda individual ko‘rsatkichlari bilan o‘yin taqdiriga ta’sir o‘tkaza olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi Italiyada 2024 yildan beri to‘p suradi, biroq uning huquqlari hanuz “Manchester Yunayted”ga tegishli.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













