Luis Enrike Dembele jarohati bo'yicha fikr bildirdi

Luis Enrike Dembele jarohati bo'yicha fikr bildirdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Usmon Dembele olgan jarohat yuzasidan izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

28 yoshli futbolchi Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvda shikast oldi va 27-daqiqadayoq almashtirilishga majbur bo'ldi. Kutilishicha, «Oltin to'p» sohibi shanba kuni Liga 1 doirasida «Mets»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

«Dembele jarohat olgan. Biz futbolchilarimizni juda yaxshi bilamiz. Yondashuvimiz oddiy: hech qachon hech kimni tavakkal ostiga qo'ymaymiz, imkon qadar har birining salomatligini asrashga harakat qilamiz. Ammo bunday yuqori darajadagi futbolda jarohatlar o'yinning ajralmas qismi», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

PSJ — «Mets» uchrashuvi 01:05 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.