Milan Berlu skoni davri boshlangan kunni esladi

Milan Berlu skoni davri boshlangan kunni esladi

Italiyaning “Milan” klubi muhim sanani yodga oldi: 1986 yil 20 fevral kuni, bundan roppa-rosa 40 yil avval klub tarixidagi eng yorqin davrga start berilgan edi. O‘sha kuni Silvio Berlu skoni 80-yillarning birinchi yarmida jiddiy inqirozga botgan “rossoneri”ni sotib olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ko‘p o‘tmay jamoa boshqaruvi Arrigo Sakki qo‘liga o‘tdi va u “Milan”ni tubdan o‘zgartirdi. Berlu skoni rahbarligi davrida klub 29 ta sovrinni qo‘lga kiritdi: ular orasida 8 ta Skudetto hamda Chempionlar kubogi va keyinchalik Liga chempionlari nomi bilan davom etgan turnirda 5 ta g‘alaba bor.

Yubiley munosabati bilan klub afsonasi Paolo Maldini ham ijtimoiy tarmoqlarda eslatma qoldirdi. Maldini Berlu skoni “Milan”ni sotib olgan paytning o‘zida jamoa safida to‘p surayotgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.