Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi

Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa hujumchisi Usmon Dembelening jarohati yuzasidan izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

28 yoshli futbolchi Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi o'yinda jarohat oldi va 27-daqiqdayoq almashtirildi. Kutilishicha, u shanba kuni Liga 1 doirasida «Mets»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

«Dembelening jarohati bor. Biz futbolchilarimizni juda yaxshi bilamiz. Yondashuvimiz oddiy: hech qachon hech kimni tavakkalga qo'ymaymiz, imkon qadar har bir o'yinchining salomatligini asrashga harakat qilamiz. Ammo bunday darajadagi futbolda jarohatlar o'yinning ajralmas qismi», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

«PSJ» — «Mets» uchrashuvi 01:05 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.