Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhya ACLda yana yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhya ACLda yana yutqazdi

«Shanxay Shenhya» Osiyo Chempionlar ligasida yetti tur yakunida pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahsda Leonid Slutskij shogirdlari turnir bilan munosib xayrlashishga urindi, biroq buning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida yakunlandi. Tailand klubi birinchi bo‘limning dastlabki qismidayoq ikkita gol urib, o‘yinni o‘z nazoratiga oldi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol muallifiga aylandi. Tez orada «Shanxay Shenhya» bir futbolchisini yo‘qotib, kamchilikda qolib ketdi va intriga amalda so‘ndi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskijining «Shanxay Shenhya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.