Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi

Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Usmon Dembele olgan jarohat yuzasidan izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

28 yoshli futbolchi Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi o‘tgan bahsda jarohat olib, 27-daqiqdayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Kutilishicha, «Oltin to‘p» sohibi shanba kuni Liga 1 doirasida «Mets»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

«Dembele jarohat olgan. Biz futbolchilarimizni juda yaxshi bilamiz. Yondashuvimiz oddiy: hech qachon hech kimni tavakkalga qo‘ymaymiz, imkon qadar har bir o‘yinchining salomatligini asrashga harakat qilamiz. Ammo bunday yuqori darajadagi futbolda jarohatlar ajralmas qism», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

PSJ — «Mets» uchrashuvi 01:05 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.