Golovinsiz Monaco Liga 1 yetakchisiga qarshi tarkibni e'lon qildi

Golovinsiz Monaco Liga 1 yetakchisiga qarshi tarkibni e'lon qildi

Monaco shanba kuni Liga 1 peshqadami Lans maydonida safarda maydonga tushadi. Monakoliklar bosh murabbiyi Sebastyen Pokonyoli uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilarni ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Start tarkib quyidagicha: Kyon, D'yatta, Teze, Kerrer, Fas, Enrike, Zakariya, Kamara, Kulibali, Balogun, Adingra.

Jamoa qaydnomasida Aleksandr Golovin yo'q. Rossiyalik yarim himoyachi o'tgan turda qizil kartochka olgani uchun diskvalifikatsiya sabab bu o'yinni o'tkazib yuboradi.

Lans – Monaco bahsini LiveResult portali matnli onlayn translyatsiya orqali yoritib boradi.

Hozirda Monaco Liga 1 turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.