Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubida to'p surgan, hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futboli va milliy jamoa darajasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning aytishicha, Italiya futboli hozir inqiroz bosqichida: klublar tarkibidagi legionerlar hisobiga natija chiqarib turibdi, biroq terma jamoaning umumiy saviyasi past va jamoa Jahon chempionatiga chiqa olmay qolish xavfi bilan yuzma-yuz.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma ola olmadi. Jennaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa endi yo'llanma uchun pley-off uchrashuvlarida maydonga tushadi.

2026 yilgi mundial yozda Shimoliy Amerikada o'tkaziladi. Nufuzli turnirga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.