Garri Keyn Barselona bilan muzokaralar haqidagi gaplarga javob berdi

Garri Keyn Barselona bilan muzokaralar haqidagi gaplarga javob berdi

"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn uning "Barselona"ga ehtimoliy ko‘chishi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kataloniyaliklar prezidenti Xavyer Vilaxoana yaqinda ingliz futbolchisi tomoni bilan aloqalar bo‘layotgani haqida gapirgandi.

Keyn esa Sky Sport’ga bergan intervyusida bu mavzu bo‘yicha hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi: "Men bu haqda hech narsa eshitmaganman. Bu ishlar bilan otam va ukam shug‘ullanadi, ular ham menga hech narsa demadi. Men faqat shuni takrorlay olaman: men bu yerda, 'Bavariya'da baxtliman va hozirgi klubimga to‘liq e’tibor qaratganman. Buni esa kompliment sifatida qabul qilaman", — dedi u.

32 yoshli hujumchining myunxenliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Mish-mishlarga ko‘ra, "Barselona" Keynni Robert Levandovski o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.