Radimov Italiya terma jamoasi darajasini past baholadi

Radimov Italiya terma jamoasi darajasini past baholadi

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida to'p surgan sobiq yarim himoyachi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futboli holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Radimovning aytishicha, Italiya futboli inqiroz davrini boshdan kechirmoqda: terma jamoa jahon chempionatiga chiqmay qolish xavfi ostida. Uning ta'kidlashicha, klublar legionerlar hisobiga ma'lum darajada natija qilayotgan bo'lsa-da, terma jamoaning umumiy saviyasi past. Mutaxassis bu fikrlarni «Match TV» efirida bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma ola olmadi. Jyen­naro Gattuzo boshchiligidagi jamoa endi pley-off uchrashuvlari orqali yo'llanma uchun kurash olib boradi.

Mundial 2026 yil yozida Shimoliy Amerikada o'tkaziladi. Nufuzli turnirga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.