Leau Milan bilan skudettoni kutmaganini tan oldi

Leau Milan bilan skudettoni kutmaganini tan oldi

Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau 2019 yildan beri “Milan” sharafini himoya qilib keladi. U 2022 yilda Stefano Pioli boshchiligida A Seriya chempionligini qo‘lga kiritgan, biroq futbolchining aytishicha, bu natija kutilmagan bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Leauning ta’kidlashicha, u na skudettoni oldindan kutgan, na mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilishini taxmin qilgan. Shunga qaramay, u o‘sha mavsumni faoliyatidagi eng sermahsullaridan biri deb hisoblaydi — ham shaxsiy ko‘rsatkichlar, ham jamoaviy natija nuqtayi nazaridan.

Eslatib o‘tamiz, Leau “Milan”ga qadar Portugaliyaning “Sporting” klubida, keyin esa fransuz “Lill” safida to‘p surgan. Hozirda “Milan” Italiya chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.