Dro Fernandes PSJ safida ilk bor asosiy tarkibda o'ynadi

Dro Fernandes PSJ safida ilk bor asosiy tarkibda o'ynadi

PSJ yarim himoyachisi Dro Fernandes Parij klubida ilk marta start tarkibida maydonga tushdi. 18 yoshli futbolchi Liga 1 doirasida «Mets»ga qarshi uchrashuvni birinchi daqiqalardan boshlab o'ynadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Parijliklar bahsni 3:0 hisobida yakunlab, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Yosh ispaniyalik esa 63-daqiqada zaxiraga olindi.

O'yindan keyingi suhbatda Fernandes o'zini yaxshi his qilayotganini, o'yinini asta-sekin kuchaytirib borayotganini ta'kidladi. «Bu yerga ko'proq o'ynash, ritmni topish uchun keldim. G'alaba qilganimizdan xursandman, endi ishlashda davom etish kerak», — dedi u L1+ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, fransuz grandi Dro Fernandesni qishki transfer oynasida «Barselona»dan 8,2 million yevroga sotib olgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.