Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida to‘p surgan sobiq yarim himoyachi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futbolining bugungi holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Radimovning ta’kidlashicha, Italiya futboli inqiroz davrini boshdan kechirmoqda va terma jamoa 2026 yilgi jahon chempionatiga bormay qolish xavfi bilan yuzma-yuz. Uning aytishicha, klublar legionerlar hisobiga ma’lum darajada natija chiqarayotgani bilan, milliy jamoa darajasi ancha past.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Jyen­naro Gattuzo boshchiligidagi jamoa yo‘llanma uchun pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Jahon chempionati 2026 yil yozida Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Nufuzli turnirga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.