Uesli Fofana yozda Chelsini tark etishga qaror qildi

Uesli Fofana yozda Chelsini tark etishga qaror qildi

“Chelsi” himoyachisi Uesli Fofana joriy yozgi transfer oynasida London klubini tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

TopSkills Sports UK xabariga ko‘ra, fransuz futbolchi “Byornli”ga qarshi uchrashuvdagi durangdan so‘ng ketish qaroriga kelgan. O‘sha bahsda Fofana maydondan chetlatilgan, shuningdek, muxlislar tomonidan irqchilik mazmunidagi haqoratlarga ham duch kelgani aytilmoqda. “Chelsi” esa futbolchi bo‘yicha keladigan transfer takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.

Fofana 2022 yilda “Lester”dan “Chelsi”ga 80 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Bu mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.