Tottenhem va Arsenal derbiga asosiy tarkiblarni e'lon qildi

Tottenhem va Arsenal derbiga asosiy tarkiblarni e'lon qildi

Yakshanba kuni Angliya Premer-ligasida mavsumning eng kutilgan bahslaridan biri — Shimoliy London derbisi bo'lib o'tadi. Unda «Tottenhem» o'z maydonida «Arsenal»ni qabul qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoaning yangi bosh murabbiyi Igor Tudor «Tottenhem»ning boshlang'ich tarkibini shunday shakllantirdi: Vikariyo, Spens, Dregushin, van de Ven, Grei, Gallaher, Sarr, Palinya, Bissuma, Havi Simons, Kolo-Muani.

«Arsenal» ustozi Mikel Arteta esa uchrashuvni ilk daqiqalardan quyidagi futbolchilar bilan boshlashga qaror qildi: Raya, Timber, Saliba, Gabriel, Inkape, Rays, Subimendi, Eze, Saka, Trossar, Dyo'keresh.

«Tottenhem» — «Arsenal» uchrashuvi 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yinni LiveResult portalidagi matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.