Liverpul APLda 90-daqiqadan keyingi gʻalaba gollari bo‘yicha yetakchi

Liverpul APLda 90-daqiqadan keyingi gʻalaba gollari bo‘yicha yetakchi

Angliya Premer-ligasining 27-turi doirasida «Liverpul» safarda «Nottingem Forest»ga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalargacha kurash olib bordi va asosiy vaqt tugaganidan keyin urilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu gol «Liverpul» uchun APLda (1992 yildan buyon) 90-daqiqadan keyin, kompensatsiya vaqtida kiritilgan 48-g‘alaba to‘piga aylandi. Mazkur ko‘rsatkich liga tarixidagi mutlaq rekord bo‘lib, mersisaydliklar yaqin ta’qibchilardan kamida 12 ta shunday golga ko‘proq ega.

Arne Slot boshchiligidagi jamoa hozircha turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. «Liverpul»ning ochkolari «Chelsi» va «Manchester Yunayted» bilan bir xil, biroq mankunianlarda bitta o‘yin zaxirada bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.