Kavani «Boka Xuniors»da qolishi tobora shubha ostida

Kavani «Boka Xuniors»da qolishi tobora shubha ostida

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani «Boka Xuniors»ni tark etishi mumkin. Bunga sabab futbolchining o‘zi emas, balki klub atrofidagi bosim: uning o‘yini muxlislarni qoniqtirmayapti va tribunadan hushtaklar tobora ko‘paymoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

So‘nggi uchrashuvda Kavani zaxiraga olingan paytda ham muxlislar uni hushtakbozlik bilan kuzatdi. Biroq bu o‘zgarish natija bermadi: «Boka» «Platense» darvozasini ishg‘ol qila olmadi va bahs 0:0 hisobida yakunlandi.

Argentin OAVi endi Kavanining shartnomasi uzaytirilishi masalasiga juda ehtiyotkor yondashmoqda. Ustiga ustak, klub pargvaylik Adam Bareyroni tarkibga qo‘shib oldi va ko‘plar aynan u 39 yoshli tajribali futbolchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.