Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va ichki muammolar kuchaydi

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va ichki muammolar kuchaydi

Konyaspor bilan kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng Galatasaray ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ishonilsa, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayotgani OAV va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlarini shubha ostiga oldi.

Hozircha jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam, biroq 52 ochkosi va zaxirada bitta o‘yini bor Fenerbahche uni quvib yetishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.